Korrupsiyaga qarshi kurashish
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar boʻlib oʻtdi
  • Joriy yilning 9-10-oktabr kunlari “Tez tibbiy yordam tizimida korrupsion jarayonlarga oʻrin yoʻq” mavzusida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha profilaktik tushuntirish muhokamalari tashkil etildi.
  • Ushbu tadbrlarda Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari filiallari rahbariyati, maʼmuriyat xodimlari hamda shahar va tuman tez tibbiy yordam stansiyalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar, feldsherlar hamda transport boʻlimi xodimlari ishtirok etdi.
  • Profilaktik tadbirlarda Respublika tez tibbiy yordam markazining malakali mutaxassislari ishtirok etib, soha vakillariga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olishdagi vazifalar hamda fuqarolik jamiyatining oʻrni haqida atroflicha soʻz yuritdi.
  • Bu kabi profilaktik tadbirlar, albatta, tez tibbiy yordam tizimida halollik, oshkoralik va javobgarlik tamoyillarini kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi amaliy qadam boʻlib xizmat qiladi.